Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Yana kitoblar haqida: Koreyadagi yosh bolalar kitoblari me...

Jul 24, 2025
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 163.93 KB
Yana kitoblar haqida: Koreyadagi yosh bolalar kitoblari menga juda yoqdi. Sababi ularni mazmuni oddiy yaxshilik bilan tugaydigan ertak emas, balki bolaga kundalik turmush tarzini, ijtimoiylik va hissiyotlarni ifodalash haqida o’rgatadi. Misol uchun kundalik odatlar haqidagi kitoblar - har kuni tishlarni yuvish, qo’lni yuvish, uxlash kabi takroriy odatlarni bolada shakllantiradi. Biz ham Oyqizni tishlari erta chiqqanligi sabab 4oylikdan boshlab tishini yuvishni boshlaganmiz. Shunda aynan kitobdagi so’zlarni aytib yuvardik, buni odat ekanligini tushunib hozir o’zim yuvaman deb cho’tkani olib o’zicha og’ziga solib tishini yuvib yuradi. Eng qizig’i bolani hojatxonaga, garshokka o’rgatish haqida kitoblari ham bor. Hozir bu kitoblarni o’qisak tushunib kulib eshitadi. Endi aynan shu kitob va kitobdagi so’zlar orqali garshokka o’rgatmoqchimiz. Bundan tashqari ovqat yeyish haqida, bekor yonib turgan chiroqni o’chirish, gazni o’chirish, suvni o’chirish kabi isrofgarchilik qilmaslik haqida ham kitoblari bor.
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar