Oyqizga yangi kitoblar oldik. Avvalgilarini yuz martalab o’q...
Jul 24, 2025
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 287.42 KB
Oyqizga yangi kitoblar oldik. Avvalgilarini yuz martalab o’qib yodlab yubordik. Kitobda qayerida qaysi so’z kelishini bilib turadi o’zi ham. O’ziga yoqqan joyi kelyotsa xursand bo’lib tayyorlanib turadi. Biz ish qilib o’zi yakka qolsa ham borib kitoblarini varaqlab ko’rib o’tiradi. Kitobga qiziqishi balandligi uchun yangi-yangi kitoblar bilan yana ham jalb qilmoqchimiz. Chunki bolani miyasi 1 yoshgacha juda tez rivojlanar ekan. Har kuni kitob o’qib berish esa miya rivojlanishiga yaxshi ta’sir qilar ekan. Kitob o’qish bir vaqtning o’zida miyaning til, hissiyot, ko’rish, eshitish va hotira bilan bog’liq sohalarni ham rag’batlantirar ekan.
Bolani biror narsaga o’rgatib odat tusiga kiritmoqchi bo’lsez erta kunda boshlash kerak ekan. Qancha erta boshlasez shuncha o’rgatish oson bo’larkan. Biz 4oylikdan kitob o’qib berishni boshlagan edik. Har kuni erinmay o’qib berdik, kitoblarga qiziqib hozirgacha 30dan oshiq kitobni qayta-qayta o’qidik.