Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Biz ham 1yoshgacha jami 4xil suv idishdan foydalandik. Oyqiz...

Jul 18, 2025
Media: photo
Dimensions: 720 × 1280
Size: 60.37 KB
Biz ham 1yoshgacha jami 4xil suv idishdan foydalandik. Oyqiz 6oyligidan palichkada suv ichishni o’rganib hozirgacha o’zi mustaqil suv ichadi. Birinchi suv idishimiz bolaga palichkani tortsang ichida suv borligini o’rgatadigan idish edi. Qopqog’ida bosadigan joyi bor, bola og’ziga tutganda shu yerni bossak suv chiqardi. Shunday qilib buni ichida suv borligi tortsa suv chiqishini tushunib yetib keyin palichkani o’zi tortib ketgan. Ikkinchi suv idish yotib ichsa ham to’kilmaydigan palichkali edi. Uni tishlasa ham suv chiqadi bolaga palichkada ichishni osonlashtiradi. Uchinchi suv idish oddiy palichkali idish. Unda endi allaqachon ichishni yaxshi bilgan paytida bemalol o’zi ichadi. Oxirgi 12oylikdan boshlab ichadigan stakanli suv idishni esa mashq qilishni endi boshladik. Stakanni o’zi ushlab suvni to’kmasdan oz-ozdan keragicha ichishni o’rganyapti.
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar