Mevalar haqida: mevalar tabiiy shakar. Shuning uchun odatda ...
Jul 5, 2025
Media: photo
Dimensions: 1088 × 1280
Size: 185.90 KB
Mevalar haqida: mevalar tabiiy shakar. Shuning uchun odatda kuniga bitta meva (20-40g atrofida) beramiz xolos. Oshiqcha meva yesa shirinligi hisobiga qorinni to’q tutgazib qo’yib ovqat yaxshi yemay qo’yarkan bolalar.
Bolalarga mevalardan ko’ra sabzavotlar ko’proq foydali ekan.
Guruchli kukuruzi tarkibida shakar yo’q, sabzavotlarni ta’mi qo’shilgan lekin u ham qorinni to’q tutgazib qo’ygani uchun undan ham haftasiga 2-3martagacha beramiz xolos. Bolalar ovqat, go’sht yemasligiga sabab shu kabi narsalarni yeb to’qlikni his qilishi va shakar ta’mini bilib qolganligi ekan.
Oyqiz hozirgacha tuz, ziravor, yog’, shakar ta’mlarini bilmagani sababli yam-yashil o’tli barglarni ham, piyoz, turip, balgarskiy larni ham yeydi. Bolaga eeeeeng kamida bir yoshgacha ziravor tuz, shakarlarni bermagan yaxshi ekan. Chunki ularda hali oshqozon, buyrak, jigar rivojlanayotgan bo’ladi va hamma foydali sabzavotlarni yeyishga o’rgatish asosiy maqsad.