Oyqizni ovqatlari haqida qisqacha: Qo’shimcha ovqatni odat...
Jul 5, 2025
Media: photo
Dimensions: 969 × 1280
Size: 177.34 KB
Oyqizni ovqatlari haqida qisqacha:
Qo’shimcha ovqatni odatda shu rasmdagi uslubda beramiz.
Ertalab: bolalar siri + blueberry 🫐
Tushlikda: guruch,ovsyanka, mol go’shti + 3xil sabzavot
Kechki ovqatga: guruch, tovuq go’shti + 3xil sabzavot
Orada polnik da: nok, olma, banan, kim, guruchli kukuruz, shirin kartoshka, bolalar yogurti kabi snack lar beramiz.
6 oylikdan boshlab bolalar har kuni belgilangan miqdorda go’sht 🥩 iste’mol qilishi kerak ekan. Lekin ko’p miqdordagi temir ham bolada ich qotishini keltirib chiqarganligi sababli tushlikda mol go’shti, kechki ovqatda tovuq go’shti beramiz.
Haftada 2-3marta qaynatilgan tuxum sarig’i 🥚 ni ham ovqatiga qo’shib beramiz. Vitaminga boy sabzavotlarni hammasidan yeyishi uchun har kuni har xil qilib berishga harakat qilaman. Chunki ayniqsa tarkibida vitamin C bo’lgan sabzavotlar go’shtni (temirni) tanaga so’rilishini 2~3barobarga oshirib berar ekan.
(*sabzavotlar hammasi bug’da pishirilgan)