Sabzi va Chonggyongche (karam turkumidan) Sabzi 🥕tarkibida...
Mar 3, 2025
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 244.57 KB
Sabzi va Chonggyongche (karam turkumidan)
Sabzi 🥕tarkibida Vitamin A bor bo’lib, bolaning ko’z ko’rish qobiliyatiga va terisiga foydali.
Chongyongche 🥬bu o’simlik o’zbekchada nima deyilishini bilmadim, lekin buni ham tarkibida temir, kalsiy, vitamin A, vitamin C bor ekan. Bolani o’sish va immunitetini oshirar ekan.
Bolalar shirin ta’mlarni afzal ko’rishadi. Qo’shimcha ovqatni shirin ta’mli narsalar (banan, shirin kartoshka etc ) dan boshlasa boshqa sabzavotlarni bola umuman yemay qo’yarkan. Shuning uchun ularni boshidanoq turli xil sabzavotlar bilan tanishtirish kerak. Oyqizimiz hali shirin narsalarni yeb ko’rmagan bo’lsa ham sabzavotlarni qabul qilishi qiyin bo’lyapti. Lekin shunda ham oz-ozdan har xil sabzavot ta’mlarini tatgizib yedirib turilsa katta bo’lganda aynan qaysidir sabzavotlarni butunlay yemay qo’yishlikni oldini olarkan.