Qo’shimcha ovqatni 6 oylikda qanday boshlash kerak? Eng av...
Feb 27, 2025
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 85.18 KB
Qo’shimcha ovqatni 6 oylikda qanday boshlash kerak?
Eng avvalo guruchli kashadan boshlagan yaxshi. Chunki guruchda allergiya berish xavfi kam, uglevodlarga boy, oson hazm bo’ladi, yumshoq va yutishga qulay. Undan tashqari guruch boshqa mahsulotlar bilan ham yeyilsa yaxshi ketadi ))
Guruchli kasha tayyorlash:
25gramcha guruchni suvga uvitib qo’yiladi, uvigan guruch 35gram atrofida bo’lib ko’payadi. U guruchni blenderda maydalab 1:10 suv quyib pishiriladi. 1:10 degani —> agar guruch 35g bo’lsa 350ml suv quyib pishirish kerak degani. Boshida shunaqa suyuq holda beriladi bola yaxshi yeb ketsa keyin sekin-sekin 1:8, 1:5 qilib suvni moslab guruchni qo’yiqlashtirib boriladi. Agar suyuq holda berilaversa bola suyuq oson yutiladigan kashaga o’rganib qolib keyin donaroq bo’lgan kashalarni yemay qo’yishi mumkin