Amerika pediatriya stomatologiya akademiyasi bolalarning sut...
Feb 6, 2025
Media: photo
Dimensions: 800 × 743
Size: 23.30 KB
Amerika pediatriya stomatologiya akademiyasi bolalarning sut tishlari chiqqandan keyin juda oz miqdorda (bir guruch donasining o’lchami) ftoridli (fluorid) tish pastasini ishlatishni tafsiya etadi. Sababi tarkibida ftorid bo’lmagan oddiy bolalar tish pastasi kariesdan himoya qila olmaydi.
Endi savol tug’iladi: 6 oylik bolalar tish pastasini chiqarib yuborishni bilmaydiku, ftorid bola uchun xavfli emasmi? Ha, bolalar hali og’izni chayqashni bilmaydilar. Lekin ular tish pastasini yutib yuborsa ham bo’ladi. Faqat bir dona guruch o’lchamidan oshmagan hajmda ishlatish zarur. Bu miqdor bola uchun mutlaq xavfsiz hisoblanadi.
Agar bolaning tishlari 4 oylikdan chiqqan bo’lsa shu vaqtdan yuvishni boshlang. Sut tishlari baribir tushib ketib boshqa doimiy tishlar chiqadiku deb bee’tibor bo’lmang. Aynan shu sut tishlari doimiy tishlarning sog’lom bo’lishining asosidir.
Kanalga qo’shilish uchun: https://t.me/+wY6MQ34h4CJjODhl