Siz buni bilarmidingiz? Bolalarning ilk sut tishlari chiqis...
Feb 6, 2025
Media: photo
Dimensions: 1280 × 853
Size: 92.46 KB
Siz buni bilarmidingiz?
Bolalarning ilk sut tishlari chiqishi bilanoq tishlarini yuvishni boshlash kerak. Bunga bir nechta sabab bor:
1. Kareysni oldini olish
Odatda sut tishlari 6-10 oylik orasida chiqishni boshlaydi. Shu vaqtdan boshlab tish salomatligini nazoratni qilishni boshlash kerak. Chunki sut tishlari doimiy tishlarga qaraganda ingichka bo’lgani sababli kareys oson paydo bo’ladi. Sut tishlarida kareys tez rivojlanadi, agar jiddiy darajadagi kareys bo’lsa keyin chiqadigan doimiy tishlargacha o’z ta’sirini ko’rsatadi.
2. Sog’lom sut tishlari doimiy tishlarning sog’ligini ta’minlaydi
Sut tishlari doimiy tishlarning to’g’ri va yaxshi joy egallashiga yordam beradi. Agar sut tishlariga kareys tushib yomonlashib erta kunda tushib ketsa, bu doimiy tishlarning noto’g’ri joylashuvi va umumiy tish sog’ligining yomonlashuviga olib keladi.