Bu safar yozgi semestr uchun qo’shimcha mashg’ulotlarimizda ...
Jun 25, 2026
Media: photo
Dimensions: 720 × 1280
Size: 77.06 KB
Bu safar yozgi semestr uchun qo’shimcha mashg’ulotlarimizda 미술 art (rassomchilik san’ati) darslarini olgandik.
“Bola qo’llari bilan bo’yoqlarni xohlagancha ushlashi, qog’ozga chizishi, yirtish-yopishtirish kabi mashg’ulotlarni bajarishi miya faoliyatiga katta ta’sir qilib, neyron aloqalarini boyitar ekan”.
Darsning “Yong’in” mavzusi asosida kreativ yondashuvi juda yoqdi: Biz bolalar uchun qog’ozga uy chizib berdik, ular bo’lsa sariq bo’yoqda yong’in chiqarishdi. Keyin esa qizil rangda olovni yana ham jadallashtirib katta yong’in yuzaga keltirishdi. So’ngra o’zlari o’t o’chiruvchiga aylanib uyga qarata suv purkashdi. Oxirida esa ratsiyada “Olovni o’chirdim” deb aytib ham qo’yishdi 😄
Bolalarga bo’yash orqali biror mavzu jarayonini tushuntirishga juda yaxshi amaliyot ekan.