Nega bu usul amalda yaxshi ishlaydi? Chunki bola kuchli emo...
Jun 25, 2026
Nega bu usul amalda yaxshi ishlaydi?
Chunki bola kuchli emotsiya ichida bo‘lsa, u avval “meni tushunishsin, men yolg‘iz emasman” degan ehtiyojni sezadi.
Agar ota-ona darrov:
“Yig‘layverma bo’ldi qil!”
“Necha marta aytishim kerak senga!”
“Yo’q dedim-ku!”
“O’ylab ko’r o’zing…”
desa, bola ko‘pincha hali ota-onani eshitishga tayyor bo‘lmaydi.
Uning ichki holati taxminan shunday bo‘ladi:
“Avval meni tushun, keyin gapir.”
Shuning uchun kitobdagi olg’a surilgan prinsip:
“Connect first, then redirect.”
ya’ni
“Avval bog‘lan, keyin yo‘naltir.”