Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Hozirda The Whole-Brain Child kitobini o‘qiyotgandim. Unda y...

Jun 25, 2026
Media: photo
Dimensions: 1024 × 1280
Size: 160.69 KB
Hozirda The Whole-Brain Child kitobini o‘qiyotgandim. Unda yozishicha: Bolalar qattiq xafa bo‘lganda yoki biror istagi amalga oshmay qolsa, darrov mantiqiy tushuntirish berish har doim ham ish bermas ekan. Avval bola his qilayotgan tuyg‘uni ko‘rib, tushunganingizni bildirish muhim ekan. Masalan: “Xafa bo‘lding-a…” “Shuni juda xohlaganding…” “Ko‘ngling og‘ridi, men seni tushunaman.” Bola o‘z hissiyotlari qabul qilinganini his qilgandan keyingina keyingi gapni yaxshiroq qabul qilar ekan. Shundan so‘nggina tushuntirish, chegara qo‘yish yoki boshqa yo‘l ko‘rsatish osonroq bo‘ladi. Ya’ni ba’zan bolaga darrov “nega u xohlagan narsa bo‘lmasligini ”ni tushuntirishdan oldin, avval “seni tushunyapman”ni his qildirish kerak ekan.
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar