Bir qarashda 22 oylik bolaga bunday narsalarni o‘rgatish qiy...
Jun 21, 2026
Media: photo
Dimensions: 1214 × 1280
Size: 211.61 KB
Bir qarashda 22 oylik bolaga bunday narsalarni o‘rgatish qiyindek tuyilishi mumkin. Lekin aslida bu mashg‘ulotlarning asosiy tamoyili “bolaga matematikani o‘rgatish emas, balki matematik tarzda fikrlashni rivojlantirish”dir.
Chunki kichik yoshdagi bolalar mavhum tushunchalarni darrov anglab yetolmaydi. Ular avval ushlab ko‘rish, taqqoslash, saralash va kuzatish orqali tushunchalarni o‘zlari kashf etishadi.
Ya’ni bu yoshda bolaning nechagacha sanay olishi unchalik muhim emas. Bundan ham muhimrog‘i, u:
▫️ bir xil narsalarni guruhlay olishi
▫️ katta va kichikni ajrata olishi
▫️ kubiklar terishi
▫️ pazllarni yig‘ishi
▫️ ranglarga qarab saralashi
▫️ navbat va ketma-ketliklarni takrorlay olishidir
Aynan shu faoliyatlar yaxshi rivojlangan bolalar keyinchalik nafaqat matematikani, balki fanlarni, dasturlashni va mantiqiy fikrlashni ham osonroq o‘zlashtiradilar.
Shu sababli bu yoshda eng muhimi bolaga nimanidir yod oldirish emas, balki unga ushlab ko‘rish, taqqoslash, sinab ko‘rish va mustaqil xulosa qilish uchun imkon yaratib berishdir.