Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Bola 6-oydan boshlab har kuni go’sht iste’mol qilishi kerak....

Feb 3, 2025
Media: photo
Dimensions: 320 × 320
Size: 38.62 KB
Bola 6-oydan boshlab har kuni go’sht iste’mol qilishi kerak. Temir moddasi muhim ahamiyatga ega. Chaqaloqlar onasidan olgan temir zahiralari bilan tug’iladilar. Lekin ular 6-oylikdan keyin temir tanqisligini boshdan kechira boshlaydilar. Ona sutida temir miqdori juda kam, shu sabab bolalarni qo’shimcha ovqat orqali temir bilan ta’minlash kerak. Bu o’rinda go’sht bolaning o’sishi va miya rivojlanishi uchun temir moddasini o’z ichiga olgan eng kerakli mahsulotdir. Go’sht bolani protein va muhim ozuqalar bilan ta’minlaydi. Agar bolada temir tanqisligi bo’lsa bu anemiya (kam qonlik) ga olib keladi. Bu esa miya rivojlanishini kechiktirishi mumkin. Yetarli miqdorda temir va oqsil olish bolaning tushunish qobiliyatini va energiya darajasini oshirishga yordam beradi. Endi rivojlanayotgan bolalarga temir juda muhim va ular har kuni go’sht mahsulotini iste’mol qilishlari zarur.
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar