Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Masalan, rasmdagi chupa-chups ham bunga bir misol. Ko‘chada ...

May 24, 2026
Masalan, rasmdagi chupa-chups ham bunga bir misol. Ko‘chada odamlar yaxshi niyat bilan shirinlik berishadi, u esa sovg‘a olganidan xursand bo‘lib kun bo‘yi shirinlikni ushlab yuradi. Lekin “ochib ber, yeyman” deb so‘ramaydi. Chunki biz boshidan begona odamlar bergan narsani darrov yemaslikni o‘rgatib kelyapmiz. Odamlar albatta yaxshi niyat bilan bersa ham, bu shirinlik qanday saqlangan yoki qayerdan olinganini bilmasligimiz mumkin. Yoki bola uchun tarkibidagi shakar miqdori yuqori bo’lishi mumkin. Shu sababli shirinlikni avval ota-ona ko‘rib chiqadi, keyin kerak bo‘lsa bolaga beriladi. Agar bola uchun mumkin bo’lmagan shirinlik bo’lsa berilmaydi. Doim mana shunday bir xillikda turilsa, bola uchun ham ota-ona uchun ham vaziyatni yaxshi boshqarish va qabul qilish ancha oson bo’lar ekan.
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar