Bugun dam olish kunida bog’da picnic qilish uchun snacklar o...
May 24, 2026
Media: photo
Dimensions: 895 × 1280
Size: 124.02 KB
Bugun dam olish kunida bog’da picnic qilish uchun snacklar olib aylangani borgandik. O’zimiz uchun olgan chipsdan endi yemoqchi bo’lsak, qizimiz ham “menga ham” degandek qo’lida chipsni ko’rsatishni boshladi. Biz esa doimgidek: “Bu kattalarning yeguligi, bolalarniki emas. Bolalar buni yemasligi kerak”, deb aytdik.
U bo‘lsa o‘zining tilida “omma-appa nyam” (“oyim-dadam yeydi buni”) deb qaytarib, boshqa chips berishimizni so‘ramadi.
Shunda yana bir bor tushundik: bola har safar mumkin bo‘lmagan narsani so‘rab, ota-onaning chegarasini tekshiradi. Siz bugun “yo‘q” deb, ertaga esa “bir martadan hech narsa qilmaydi” deb bersangiz, bolaning miyasida chalkashlik paydo bo‘ladi. Keyingi safar esa u yanada kuchliroq talab qilishni boshlaydi.
Aksincha, ota-ona hamisha bir xil pozitsiyada turib, “bu bolalar uchun emas” degan fikrida qat’iy tursa, bola ham asta-sekin shu qoidani qabul qiladi.
Tarbiya faqat mehr bilan emas, balki mana shunday izchillik bilan ham qurilar ekan. Ba’zan bolaga eng katta muhabbat — har safar bir xil, aniq va tushunarli chegara qo‘ya olish hamdir.