Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Koreyada may oyi “Oilaviy oy” deb ataladi. Bunga sabab may o...

May 15, 2026
Media: photo
Dimensions: 720 × 1280
Size: 159.39 KB
Koreyada may oyi “Oilaviy oy” deb ataladi. Bunga sabab may oyida oilaga oid bayramlar juda ko’pligi: Bolalar kuni, Ota-onalar kuni, Ustozlar kuni va Buddaning tug’ilgan kuni. Bugun esa aynan ustozlar kuni edi. Bog’chamiz bolalar kuni va ota-onalar kunida gullar hamda kichik sovg’alar berib, barchani xursand qilgandi. Lekin ustozlar kuniga kelganda, bog’cha tomonidan bir oydan beri haftalik planda qayta-qayta ustozlarga hech qanday sovg’a tayyorlamaslikni eslatib kelishdi. Hatto kimdir sovg’a olib kelsa ham, qaytarib yuborilishligini oldindan ogohlantirishdi. Shuning uchun biz ham hech qanday sovg’a tayyorlamadik. Aslida sovg’a qabul qiladigan bog’chalar ham bor, lekin biz qatnaydigan davlat bog’chasida bunday narsalar olinmas ekan. Shunday bo’lsa ham, ustoziga ozgina bo’lsa-da kayfiyat ulashish niyatida sochga taqiladigan mana shu pinni taqib ketdik ❤️ Ustozi ko’rib juda xursand bo’ldilar. Pinda “Ustoz - sizni yaxshi ko’raman”, degan yozuv yozilgan.
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar