Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Bugun Koreyada 8-may — Ota-onalar kuni Bu kunda farzandlar o...

May 8, 2026
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 109.88 KB
Bugun Koreyada 8-may — Ota-onalar kuni Bu kunda farzandlar ota-onalariga “Carnation” — chinnigul sovg‘a qilishadi. Chunki bu gul sog‘lik, mehr, minnatdorchilik va muhabbat ramzi hisoblanadi. Shu kichik gul orqali ota-onalarga bo‘lgan sevgisi va tilaklarini yetkazishadi. Bugun men ham hayotimda birinchi marta shu gulni oldim. Gul olgandagi his-tuyg’u juda boshqacha bo’larkan, endi siz ham ota-ona ekanligingizni yana bir bor chuqur his qilarkansiz. Farzandingiz ulg‘ayib, sizga gul tutqazadigan darajaga yetgani qalbga alohida iliqlik berarkan 🤍 Bu chiroyli gullarni farzandimizning bog‘chasi tayyorlabdi. Ertalab bog‘chaga borganimizda barcha ota-onalarni gul va ichimlik bilan kutib olib, bayram bilan tabriklashdi. Juda samimiy va iliq muhit bo‘ldi. Shunday kichik e’tiborlar ham insonning kunini chiroyli qilib yuborar ekan 🌷
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar