Unib chiqqan kartoshka xavfli ekanligini bilarmidingiz? Ka...
Jan 27, 2025
Media: photo
Dimensions: 600 × 434
Size: 40.79 KB
Unib chiqqan kartoshka xavfli ekanligini bilarmidingiz?
Kartoshka yaxshi saqlanmasa yoki uzoqroq turib qolsa rasmdagi kabi shoxlari chiqib unishni boshlaydi. Bunday kartoshkalarni yeyish bolalarniyu qo’yavering kattalar uchun ham xavfli.
Bunday unib chiqqan kartoshka tarkibida oziq-ovqat zaharlanishiga olib keladigan “solanin” degan zaharli modda mavjud. Solanin issiqlikka chidamli bo’lib, yuqori haroratda pishirilganda ham yo’qolmaydi. Unib chiqqan kartoshkani iste’mol qilish qorin og’rig’i, qusish, diareya, bosh aylanishi, nafas olish qiyinlashuvi va yomon vaziyatlarda hatto o’limgacha olib borishi mumkin. Shu sababli bunday kartoshkalarni umuman yemagan afzal.
Ps: Isrof bo’ladimi shuncha kartoshka desangiz, unda o’sha unib chiqqan joylarini katta-katta kesib tashlang va yaxshilab pishiring. Lekin bolalarga aslo bera ko’rmang. Ular uchun bu juda xavfli.
#싹이난 감자