Bolalar ulg‘aygan sari atrofidagi olamni, ayniqsa eng yaqin ...
Jan 30, 2026
Media: photo
Dimensions: 704 × 1280
Size: 60.88 KB
Bolalar ulg‘aygan sari atrofidagi olamni, ayniqsa eng yaqin insonlarini kuzatib, ularga taqlid qila boshlarkan. Hozir qizimga qarab turib, uning har bir ishga bildirayotgan emotsiyalari, hatti-harakatlari va hatto munosabatlari ko‘p jihatdan menikiga o‘xshab borayotganini sezayapman. Go‘yo u mendagi barcha hislarni shundayligicha o’ziga o’zlashtirib olayotgandek tuyilyapti.
So‘nggi kunlarda farzandim eng ko‘p vaqtini men bilan o‘tkazayotgani sabab, har bir so‘zimga, har bir harakatimga, odamlar bilan bo‘lgan muomalalarimga yanada ehtiyotkorroq yondashishim kerak ekan deb ichimdan his qilib yurgandim. Bugun esa ushbu rasmda yozilgan jumla peshonamdan chiqib qolib, bu hisni yanada mustahkamladi 💕
Boladan shikoyat qilish — o’zini o’zi ayblashdir.
Men anglayotgan narsa: farzand tarbiyasi faqat o‘rgatish emas, balki o‘zimizni tarbiyalashdan boshlanar ekan. Chunki bola biz aytgan gaplardan ko‘ra, biz qanday yashayotganimizni ko‘proq o‘zlashtirar ekan.
Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar