Ba’zida kechki payt shunaqa ishlar bilan ham shug’ullanib tu...
Jan 29, 2026
Media: photo
Dimensions: 1280 × 959
Size: 151.04 KB
Ba’zida kechki payt shunaqa ishlar bilan ham shug’ullanib turaman ☺️
Kichkinaligida kitoblarni yaxshi ko’rganidan yeb qo’yardi, hozir esa ba’zi-ba’zida kitobni yirtilgandagi ovozini eshitgisi kelib turadi shunaqa😌
Bizni uyda ham kitoblar yirtiladi, otiladi, har ko’yga solinadi. Lekin baribir yana kitoblarga qaytib, soatlab-soatlab varaqlab tomosha qilib o’tiriladi ❤️ Kitoblar javonda yangidek toza saqlanishi tarafdorimasman. Odatda yangidek turgan kitoblar qo’lga olinmaganidan, o’qilmaganidan darakdir. Kitob yirtsa so’kib, bolani kitobdan uzoqlashtirib qo’yish shart emas. Har safar “Kitob o’qish uchun, yirtish uchun emas” deb aytilsa, bola ham sekin-asta tushunib yetadi. Muhimi bolani “mumkin emas”lar bilan kitobdan sovitib qo’ymaslik.
Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar