Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Shu kunlardagi eng sevimli mashg’ulotlarimizdan biri - stick...

Jan 26, 2026
Media: photo
Dimensions: 1280 × 960
Size: 172.32 KB
Shu kunlardagi eng sevimli mashg’ulotlarimizdan biri - sticker yopishtirish. Chap tarafdagi turli xil transport vositalarini ➡️ o’ng tarafdagi belgilangan joyiga yopishtirish kerak. Boshida birgalikda nomlarini aytib, joylarini topib yopishtirdik. Bir-ikki marta birga qilganimizdan keyinla transport joylarini o’zi eslab qolib yopishtirib chiqyapti. Qizig’i hali o’qishni bilmaydi, stickerlarni mashinalar o’rnidagi shakli bilan ham solishtirib o’tirmaydi, shunchaki qaysi transport qayerda joylashishi (“joylashuv”) ni eslab qolgan. Menimcha, bu bolaning vizual xotirasi va kuzatuvchanligi yaxshi rivojlanganidan dalolat. U hali o‘qishni bilmasa ham, shaklga emas, balki joylashuvga tayanib to‘g‘ri topa olayapti. Bu esa tasodif emas. Ko‘p kitob ko‘rish, rasmlar bilan ishlash va birga o‘qilgan vaqtlar bolaning miyasida kuchli vizual xarita shakllantiradi. Natijada u ma’lumotni matn orqali emas, tasvir va joylashuv orqali tez va aniq eslab qoladi. Ba’zan bolalar biz o‘ylagandan ham chuqurroq o‘rganadi — faqat boshqacha usulda 🌱 Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar