Nazarimda, bolani kitobga o‘rgatishni 1 yoshdan keyin boshla...
Jan 26, 2026
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 175.05 KB
Nazarimda, bolani kitobga o‘rgatishni 1 yoshdan keyin boshlash biroz kech bo‘lishi mumkin. Chunki bola emaklashni boshlagach, atrof-olamni faol o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi kuchayadi. U o‘tirib kitob tinglashdan ko‘ra, emaklashni, yurishni va yangi narsalarni kashf etishni afzal ko‘radi.
Shu sababli, bir yoshdan keyin bolani majburlab o‘tirg‘izib kitob o‘qib berish qiyinlashib qoladi. Tug‘ilganidan boshlab kitob eshitib ulg‘aygan bolalar esa aktiv harakatlar bilan birga kitobni ham hayotining tabiiy qismi sifatida qabul qiladi. Kitob ular uchun majburiyat emas, balki zavqli mashg‘ulotga aylanadi.
Umuman olganda, bolada shakllantirmoqchi bo‘lgan barcha odatlarni erta boshlagan ma’qul. Erta boshlangan kitob mutolaasi ham kelajakdagi o‘rganish va tafakkur rivoji uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi 📚
Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar