Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Kichik yoshdagi bolasi bor onalar uchun “life hack” Agar far...

Jan 23, 2026
Media: photo
Dimensions: 1179 × 1007
Size: 42.06 KB
Kichik yoshdagi bolasi bor onalar uchun “life hack” Agar farzandingiz tishini yuvmayman desa yoki sizni qo’lizdan talashsa, huddi o’sha tish pasta va cho’tkadan farzandingiz uchun ham tayyorlab qo’liga berib qo’ying. Har tish yuvganda birga yuvamiz deb bersangiz, siz yuvganda indamay kutib turadi yoki o’zi ham birga yuvadi 😊 Faqat bolani tish pastasini ichidagi berkitilgan qog’ozini olib tashlamang, bo’lmasa tish pastani yeb qo’yishi mumkin. Aytgancha kichik yoshdagi bolalar uchun uchli tish cho’tka ishlatmagan ma’qul. Ehtiyotsizlikda bolani ko’ziga yoki tomog’iga zarar keltirishi mumkin. Uch qismi yumaloq shaklda bo’lgan tish cho’tkalaridan foydalangan yaxshi. Biz o’zimiz ham 4oylikdan beri faqat shunday tish cho’tkadan ishlatamiz. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar