Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Nima uchun har kuni post yozish qiyin? Chunki ko’p vaqtim os...

Jan 20, 2026
Media: photo
Dimensions: 1108 × 1280
Size: 168.92 KB
Nima uchun har kuni post yozish qiyin? Chunki ko’p vaqtim oshxonada ovqat qilish va idish yuvish bilan o’tib ketib qolyapti 🥲 Masalan rasmdagi bir mahal ovqat uchun kamida 3ta qozon-tovoq — yuvish uchun tayyor! Suyuq ovqat uchun bitta qozoncha, sabzavotlarni bug’da pishirish uchun bitta manti qosqoncha, kotlet kabilar uchun yana bitta tova 😑 Bir yoshgacha ovqatlarini kubik qilib muzlatib qo’yib ishlatar edim. Hozir esa bugun yegan ovqatni ertaga yemaydigan malika budur bo’lib ketganlar 😄 yangi-yangi ovqatlarni oldiga qo’ysakkina shunda ishtaha bilan yeydilar. Shuning uchun idish yuvadigan mashina olish haqida ham o’ylab yuribmiz. Lekin uy jihozlari idish yuvadigan mashinaga moslashmagan, qo’yadigan joy yo’q. Boshqa usulini qarab ko’rish kerak. Bir turk dugonam aytgandi, ularda har bitta uyda kir mashina bo’lgani kabi, har bitta uyda idish yuvadigan mashina ham albatta bo’larkan. Buni eshitgan men: “Idish yuvadigan mashina biz o’zbeklarga ko’proq kerak, chunki “mehmon-mehmon” urfi bizda eng ko’p shakllangan. Bitta mehmon kuzasak qancha idish yuvamiz-ku, to’g’rimi 😄?” Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar