Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Qo’shimcha ovqatlanishning asosiy tamoyilllari: 1. O’sib ri...

Jan 27, 2025
Qo’shimcha ovqatlanishning asosiy tamoyilllari: 1. O’sib rivojlanayotgan bola uchun go’sht iste’mol qilish juda muhim. Sababi go’sht faqatgina bolaning yaxshi o’sishi uchungina kerak bo’lib qolmay, bolaning miya rivojlanishi uchun ham juda muhim. Kichkinaligida yegan go’shti butun hayoti davomidagi sog’ligiga katta ta’sir qiladi, shu sababli 6 oylikdan boshlab bola go’sht iste’mol qilishi zarur. 2. Bolaga tuz bermaslik. Eng kamida 2 yoshgacha bolaga umuman tuz yedirmaslik kerak (ovqatiga tuz solmay tayyorlab berish). Undan keyin esa sho’r bo’lmagan holda oz-ozdan ta’b uchun solsa bo’ladi. Sho’r ovqat voyaga yetmagan bola uchun og’irlik qiladi va sho’r yeyishlik odamda qon bosimni oshishi, yurak kasalligi, insult kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. 3. Bolaga sabzi, karam va ismaloqni 6oylikdan avval berish tafsiya etilmaydi. Sababi bu mahsulotlar tarkibida azotli birikmalar juda ko’pligi uchun erta berilsa bolada kam qonlikni keltirib chiqarishi mumkin. Qizilcha tarkibida ham azot komponenti ko’pligi sabab 6oydan avval yedirish mumkin emas. Asal va oddiy hom sut ham bola 1 yoshga to’lgunga qadar berish juda xavfli. Asalni biror nimaga qo’shib berish ham xavfsiz emas. 1yoshgacha bolaga asal berib hech narsa bo’lmagandek tuyilgani bilan keyinchalik albatta muammo keltirib chiqaradi. 4. Qo’shimcha ovqatni 6oylikda boshlash kerak. 6oydan juda erta yoki juda kech boshlasa ham ba’zi mahsulotlar bolada allergiya qo’zishi mumkin. Ayniqsa un mahsulotini bola 7 oylik bo’lgunga qadar iste’mol qilgan bo’lishi kerak. Qo’shimcha ovqatni mixerlangan guruch pyuresidan boshlanadi. 6 oylikda: har 3~4 kunda bittadan yangi mahsulot qo’shib boriladi. (guruch pyure -> go’sht -> bargli ko’katlar -> sabzavotlar -> mevalar). 7oylikda har 3kunda, 8oylikda har 2~3kunda avvalgi mahsulotga yangi mahsulot qo’shib beriladi va bolani reaksiyasi tekshiriladi. 5. Bolani o’zi ovqatlanishiga qo’yib berish. Dastlabki 6-oyda ona yedirib berish kerak lekin 7-8-oylarda bolalar o’zi ushlab his qilib yeyishni boshlashi kerak. Qo’lda ushlab his qilib yeyish bolani miya rivojlanishi uchun muhim.
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar