Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Odamlar orasida “Bolani kunduzi ko’p uxlatma, uyquga to’yib ...

Jan 18, 2026
Media: photo
Dimensions: 1280 × 853
Size: 78.25 KB
Odamlar orasida “Bolani kunduzi ko’p uxlatma, uyquga to’yib olib kechasi uxlamay qo’yadi” yoki “Kunduzi uxlamasa, kechasi yaxshi uxlaydi” degan noto’g’ri tushunchalar bor. Agar bola kunduzgi uyqusini uxlamasa yoki kam uxlasa, kun bo’yi dam olmay qiladigan aktiv harakatlaridan ortiqcha charchab ketib kechasiga borib charchoqdan uxlashga qiynaladi. Kechki uyquning qanchalik sifatli bo’lishi — kunduzgi uyquning qanchalik sifatli bo’lganiga bog’liq! Kech uxlaydigan bolalarni tartibga solishning yana bir yo’li — ularni kechasi erta uxlatishlik emas, ertalab erta uyg’otishdir. Bola kechasi nechida uxlasa ham har kuni ertalab bir xil vaqtda uyg’otiladi. Ertalab erta turgan bola tabiiyki kunduzgi uyquni erta kunda uxlaydi. Kunduzgi uyquni erta kunda uxlagan bola kechga borib charchab erta uyqusi keladi. Qarabsizki sekin-sekin kechki uyqu rejimga tusha boshlaydi. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar