Menimcha buncha ma’lumot bugundan farzandingizni erta uxlati...
Jan 18, 2026
Menimcha buncha ma’lumot bugundan farzandingizni erta uxlatishga harakat qilishingiz uchun yetarli. Uyqu rejimini to’g’irlash uchun o’z tajribamizdan o’tgan ba’zi tavsiyalarni aytib o’tsam:
1️⃣ Uxlash vaqtidan oldin chiroqlarni o’chirib, kichik bir lampa 💡 yoqib bolaga uxlash vaqti kelganini bildiring.
2️⃣ Barcha shovqinli tovushlar 🎶, harakatlarni to’xtatib, bola bilan kitob ko’ring yoki sokinlikda shunchaki dam olib o’tiring.
3️⃣Uxlashda kiyadigan kiyimini kiydiring yoki birga uxlaydigan yumshoq o’yinchog’ini yoki yopinchig’ini tayyorlang.
Mana shu 3ta bosqichni o’zini har kuni bir xil vaqt bajarsangiz ham bola o’zi uxlagani ketdik deb xonasiga kirib ketishni boshlaydi. Aksincha uyda televizor yoniq, hamma choy ichib gaplashib o’tirgan, shovqinga to’lgan xonada bola hech qachon erta kunda uxlayman deb kirib ketmaydi. Hammani atrofida o’ynab yuraveradi. Hech qaysi bola kech uxlaydigan yoki erta uxlaydigan bo’lib tug’ilmaydi, uydagi muhit uni shu narsaga o’rgatadi. Shuning uchun bolaga erta va sifatli uyquni siz yaratib bering 🤍
Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar