Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Bundan tashqari Buyuk Britaniyada taxminan 11 ming nafar bol...

Jan 18, 2026
Bundan tashqari Buyuk Britaniyada taxminan 11 ming nafar bolani o‘rganib chiqilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra ham bolalarning uxlash vaqti va uyqu odatlari ularning o‘qish qobiliyati bilan bevosita bog‘liq ekanligi isbotlangan. Kechasi soat 9 dan keyin uxlaydigan bolalar erta uxlaydigan bolalarga qaraganda o‘qish va matematika bo‘yicha pastroq natijalar ko‘rsatgan. Buning sababi esa — uyqu vaqtida miya kun davomida olingan ma’lumotlarni tartibga solib, xotirada saqlash kerak, lekin kech uxlagan bolalarda esa bu jarayon buzilgani namoyon bo’lgan. Ushbu tadqiqotda 3 yoshida kech uxlagan bolalar 7 yoshga yetganda ham pastroq o‘quv natijalarini ko‘rsatgani aniqlangan. Chunki 3 yosh miya snaplari juda tez rivojlanadigan muhim davr hisoblanib, shu davrdagi uyqu ritmi bolaning keyingi rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatar ekan. Olimlarning aytishicha, kech uxlashdan ham ko’ra eng zararli narsa “uyqu vaqtining muntazam bo’lmasligi” ekan. Har kuni turli vaqtda uxlash miya va tanani doimiy charchoq holatiga olib keladi va xotira hamda o’rganish uchun ma’sul bo’lgan gipokampal (Hippocampal function) faoliyatini pasaytirib yuboradi. Shuning uchun bolani uyqu vaqtlariga bee’tibor bo’lmay, uning sog’lom miya rivoji va kelajakdagi o’qish qobiliyatlarini yaxshi bo’lishi uchun ertaroq va doim bir xil vaqtda uxlashga odatlantirish kerak ekan. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar