Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Bola kechasi uxlaganda undan melatonin garmoni ajralib chiqa...

Jan 18, 2026
Bola kechasi uxlaganda undan melatonin garmoni ajralib chiqadi. Melatonin bu — uyqu va tiklanish garmoni bo’lib, qorong’ulikdagina ajralib chiqadi. Bu garmon yordamida kun bo’yi o’rganilgan ma’lumotlar mustahkamlanadi, ertangi kun uchun miya tiklanadi, asab tizimlar tinchlanadi. Melatonin garmoni o’sish garmoni bilan birga ishlaydi, bola qancha erta uyquga yotsa, unda miyaning o’z-o’zini tiklashi va bolaning o’sishi shuncha yaxshi bo’ladi. Bolaning xotirasi ham, miya salohiyati ham mustahkam bo’lishini ta’minlaydi. Agar xona yorug’ bo’lsa, yoki derazadan yorug’lik tushib turadigan bo’lsa ham bu garmon yaxshi ajralib chiqmaydi. Shu sababli bola uxlaydigan xonaning qanchalik qorong’uligiga ham e’tibor berish kerak. Uxlashdan oldin telefonga qarash, televizor ko’rish yoki bola uxlayotgan xonada kattalar telefon ko’rishi, televizor ko’rishi ham bola uchun muhim bo’lgan melatonin garmoni ajralishini kamaytiradi. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar