“O’tish davri”dagi bola bilan ozgina bo’lsa ham hotirjam ovq...
Jan 15, 2026
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 169.42 KB
“O’tish davri”dagi bola bilan ozgina bo’lsa ham hotirjam ovqat qila olishim uchun ikki kundan beri ovqat tayyorlash vaqtida no’xot va mosh kabi dukkaklilarni oldiga qo’yib beryapman. Atrofga sochib, keyin yana idishga solib anchagacha mazza qilib o’ynayapti. Bahonada men ham ovqatimni tayyorlab olyapman.
Bu sochilgan donlarni oxirida hammasini terib olish ancha vaqtimni olsa ham, bolaga telefon yoki televizor yoqib qo’yib uni ekran oldida qoldirmayotganimdan xursandman. Aksincha mosh donlar bilan o’ynab mayda motorikalari rivojlanmoqda.
Qo’l harakati miya bilan bevosita bog’liq. Bola qancha ko’p qo’lda mayda motorikalar bilan ishlasa, miyasi shuncha tez rivojlanadi, aktivlashadi. Donlarni terish, saralash vaqtida miyaning diqqat, xotira, muammo yechish qobiliyatlari rivojlanadi. Idishga solgandagi tovush ham eshitish sezgi organlarini rag’batlantirib, bolani ancha vaqtga tinchlantirishga ham yordam beradi.
Bu usulni bolalarda qo’llab ko’rishni tavsiya qilaman, bolaning rivojlanishi uchun ancha foydali bo’lgan mashg’ulotlardan biridir.
Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar