Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Bizda hozir onaga qayta “yaqinlashuv” davri boshlandi. Buni ...

Jan 14, 2026
Bizda hozir onaga qayta “yaqinlashuv” davri boshlandi. Buni o’tish davri deb ham atashadi. Bu davr 15-24oy oralig’ida, ayniqsa 18oyda yaqqol namayon bo’ladi. Bu davrda bola “men alohida shaxsman” degan tushunchani anglay boshlaydi, mustaqilligi kuchayadi. Lekin shu bilan bir qatorda onadan ajralishdan ham havotir oladi. Bu davrda bolada kuzatiladigan belgilar: 1. O’zi o’ynab yuradida, birdan onasini quchoqlashni xohlab qoladi, ko’tar deydi. 2. Qayta tushirsangiz yana ketadida, birozdan so’ng yana yeg’lab keladi. 3. Biror ishni o’zi qilishga urinadi, qiyinlashsa jahli chiqadi. 4. Yordam bersangiz qabul qilmaydi, bermasangiz yana yeg’laydi. 5. His-tuyg’ulari juda kuchli, lekin hali so’z bilan ifodalay olmaydi. Bu davr yengilroq o’tishi uchun nimalar qilish kerak? 1. O’zi qilishiga imkon bering, lekin siz uni yonida ekanligizni ham eslatib turing. 2. Tanlov imkoniyatini bering. O’zi qilishini yoki yordam berishingizni so’rang. 3. Hissiyotlarini tushuntiring. “Bu narsa o’xshamagani uchun xafa bo’lding yoki jahling chiqdi “ kabi. Farzandimiz o’zida kechayotgan chalkash his-tuyg’ularini tushunolmay qiynalyotgan bu davrda biz onalar sokinroq bo’lsak ular ancha tezroq tinchlanar ekan. Quchoqlashni xohlab kelsa 1-2minut bo’lsa ham bag’ringizga olsangiz yana tezda o’ziga kelib, energiyaga to’lib o’ynagani ketarkan. Besabab yeg’lasa ham quchoqlab, doim uni yonida ekanligingizni aytsangiz ko’ngli tinchlanar ekan. Bu holat barcha bolalarda bo’ladigan “sog’lom rivojlanish” ning bir bosqichi. Muloqot qilish va ishonchni singdirish - bolaga bu davrdan osonroq chiqishiga yordam beradi. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar