Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Kanal ochilgandan beri mendan ko’pchilik “Qanday qilib bolan...

Jan 12, 2026
Kanal ochilgandan beri mendan ko’pchilik “Qanday qilib bolani kitob o’qishga o’rgatsak bo’ladi?”, “Necha oylikdan o’qib bersak bo’ladi?”, “Chaqaloqlar ham kitobni tushunadimi?” kabi ko’plab savollar so’rashdi. Barchaga qo’limdan kelgancha o’z tajribalarimiz bilan bo’lishishga harakat qildim. Lekin baribir ko’z bilan ko’rilmasa chaqaloq kitobni qaydan tushunardi deb ishonchsizlikka borish oson ekan. Shu sabab sizlarga farzandimiz tug’ilgandan to 1 yoshga to’lguniga qadar kitob o’qib berishdagi kichik natijalarimizni ulashmoqchiman. Farzandini ilmli, qori-qoriya qilaman deb yurgan barcha ota-onalarga bu tajribamiz oz bo’lsa ham manfaatli bo’ladi degan umiddamiz. Videodagi farzandimiz rasmlari omonat, yaxshi niyyatda ko’rib duo qilib qo’ysangiz xursand bo’lamiz. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar