Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Katta-katta uy ishlarini odatda shanba yoki yakshanba qilib,...

Nov 29, 2025
Katta-katta uy ishlarini odatda shanba yoki yakshanba qilib, hafta ichi ko’proq bola bilan vaqt o’tkazishga harakat qilaman. Chunki bolam meni faqat oshxonada yoki faqat uy-yumushlarini qilgan holda ko’rishini istamayman. U bilan ko’proq vaqt o’tkazib, uni yaxshiroq tushunishni, eshitishni, har bitta “ma-ma”lariga javob qaytarib, qiziqqan narsalarini tushuntirib berishni xohlayman. Dam olish kunlarida esa dadasi bilan vaqt o’tkazganida ishlarimni qilib olaman. Telefonni ham bola uxlaganda ko’rib, uyg’oq payti zarur bo’lmasa ushlamaslikka harakat qilaman. Bolam onasini telefonga mukkasidan ketgan holda ko’rishini istamayman… Bola siz nima qilsangiz shuni qaytararkan. Kitob o’qisangiz u ham oldizga kitobini ko’tarib kelib ko’rib o’tiradi, telefon ko’rsangiz telefonga yopishadi, uy ishlaridan bo’shamasangiz u ham vaqtini shunaqa ishlarga sarflaydi. Uy ishlarini qilib, bolani mehnatga ham o’rgatish kerak. Lekin kun bo’yi bola e’tiborsiz qoldirilib, faqat ish qilish ham bo’lmaydi. Bola yaxshi rivojlanishi uchun eng kami 3yoshgacha ko’z-ko’zga tushib gapirish, bolani eshitish kerak. Mutaxassislarni bola 3yoshgacha bog’chaga chiqmay onasi bilan birga bo’lishi kerakligi haqidagi gaplari ham aynan shu uchun aytiladi. Chunki bog’chada bitta bog’cha opa 4-5ta bolaga qaraydi (Koreya holatida). Ular har bitta bola bilan “birga-bir” ko’ziga qarab gapirib shug’ullana olmaydi. Shu sababli kichik yoshdagi bolalar ona bilan ko’proq birga bo’lishi ularni ham ruhan, ham jismonan sog’lom bo’lishlarida muhim ro’l o’ynar ekan. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar