Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Biz hozir qizimiz bilan aynan shunday darsga qatnaymiz. Dars...

Oct 17, 2025
Biz hozir qizimiz bilan aynan shunday darsga qatnaymiz. Darsda faslga mos mavzularni bola sezgi organlarini ishga solgan holda o’ynatib tushuntiradi. Masalan bugungi dars “oshqovoq” mavzusi bo’lsa, bolalarga yumshoq o’yinchoq ko’rinishidagi oshqovoqlarni savatga tergizib oshqovoq ko’rinishini ko’rsatsa, oshqovoqni yana ham his qilish uchun urug’larini to’kib bolani qo’li bilan ushlab ko’rish, oyog’i bilan bosib ko’rish, xumdonlarga solib shiqqillatib ko’rish keyin esa uni to’kishdagi shirillagan ovozini eshitish kabi barcha sezgi organlarini rag’batlantiradi. Eng oxirida esa haqiqiy oshqovoqni bolalar ta’tib ko’rishadi. Undan tashqari “guruch hosilini yig’ish” (sholi, qushlar, dehqon, guruchli kukuruz), “shamollab qolmaslik” (doktor, jihozlar, qo’g’irchoqqa ukol qilish, nok yeyish), “kuzda jo’jalarni ochib chiqishi” (jo’ja, tuxumlar, don, dondan popkorn) kabi qiziq mavzular orqali bolani sezgi organlarini rivojlantirib, bolaga tashqi olamni birma-bir o’rganib chiqishiga imkoniyat beradi. Koreyadagi onalar farzandingizni shunaqa klubga olib chiqsez bo’ladi. Bu bolaga ham yoqib qolib, faqat uyda bo’lib boshqalar bilan aloqa qila olmaslikni ham oldini oladi. Keyinchalik bog’chaga chiqqanda ham tez kirishib, oson o’rganib ketadi. Bu madaniyat klublarini 문화센터 (culture club) deydi. Odatda emart, lottemart kabi shopping centre larda bo’ladi.
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar