Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Shu kunlarda koreys bolalar psixologi doktor Shin Uijin ning...

Oct 17, 2025
Shu kunlarda koreys bolalar psixologi doktor Shin Uijin ning “Bolaning Psixologik Rivojlanishi” kitobini o’qiyotgan edim. Unda yozilishicha: “3yoshgacha bo’lgan davrda bola miyasini ma’lum bir qismi emas, barcha qismi birdek rivojlanar ekan. Shuning uchun bu davrda muayyan yo‘nalishga qaratilgan ta’lim (masalan, faqat til yoki raqam o‘rganish) yaxshi emas ekan. Unda nimalarni qanday o’rgatish kerak desangiz, sezgi organlari orqali hayotni tanishtirish kerak ekan. Masalan, bolaga baliq 🐠 haqida o’rgatmoqchi bo’lsez, shunchaki rasm yoki videoda baliqni ko’rsatishdan ko’ra, haqiqiy baliqni ko’rsatish, ushlab ko’rish, hidlash kabi barcha sezgi organlarini ishga solish ancha samarali bo’larkan. Chunki bizning miyamizda har bir sezgi (ko‘rish, eshitish, hid bilish, tatib ko‘rish, ushlash) uchun alohida markaz mavjud ekan. Bu sezgilarni ko‘proq faollashtirsak, miya faoliyati ham kuchayarkan, bu esa rivojlanishga yordam berar ekan. Til va raqam bilan bog’liq ta’limni esa bola 6yoshidan keyin o’rgatish kerak ekan. Chunki aynan shu yoshda bolaning til qobiliyatini boshqaruvchi miya chakka bo‘lagi (temporal lobes) hamda matematik va mantiqiy fikrlashni boshqaruvchi tepa bo‘lagi (parietal lobes) rivojlana boshlar ekan. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar