Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Ertalab bog’ga chiqqanda daraxtdan to’kilyotgan barglardan t...

Oct 16, 2025
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 175.90 KB
Ertalab bog’ga chiqqanda daraxtdan to’kilyotgan barglardan terib keldik. Sababi hozir qizimizni eng yaxshi ko’rib o’qiyotgan kitoblaridan birida aynan shu kuzgi barglar va lichinka mavzusi bor. Lichinka barglarni yeb teshik hosil qilib har xil yuz ifodalarini yasaydi. Haqiqiy barglarni ko’rsatib shuni lichinka yeb teshik hosil qilgan deb tushuntirib berdim. Kitobda o’qiganlarini real hayotda ko’rsa, his qilsa o’sha narsani yana ham chuqur tushunib esda saqlab qoladi. Shu yangi kitoblari ham juda qiziq ekan. Kitob “flap book”ko’rinishida. Ya’ni yashiringan joylarni bola ochib orqasida nima borligini tekshirib ko’rsa bo’ladi. Shu kitoblar kelgandan beri yanayam ko’p o’qiydigan bo’lib ketdi. Har yarim soatda ko’tarib keladi o’qib bering deb. Endi o’qib bo’lsez yana boshqasini ko’tarib keladi yoki bittani qayta-qayta o’qi deb turib oladi. Kitob tanlashda bolani yoshiga mos bo’lgan va mavzulari qiziq bo’lgan kitoblarni tanlash ham muhim ekan. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar