3. Bolani qalin kiyintirib issiqsevar qilib qo’ymaslik. Chaq...
Oct 14, 2025
3. Bolani qalin kiyintirib issiqsevar qilib qo’ymaslik. Chaqaloqlik paytidan xona ichida sal yengilroq kiyintirib bolani chiniqtirilsa ozgina shamolga ham kasal bo’lib qolavermaydi. Xonada harorat iliq bo’lsa paypoq, shapkalar kiydirish shart emas. Kattalar qanday kiyinsa bolalarni ham shunaqa kiydirsa yetadi. Ayniqsa chaqaloqlarda tanadagi issiqlikni 30-40%i boshdan chiqib ketadi. Lekin shapka kiygan bo’lsa bu issiqlik chiqib ketolmay bolani harorati ko’tarilib bola qizib ketadi. Bu terlashga olib keladi, terlagan bola esa oson shamollaydi.
Paypoqsiz yurish ham bolalar uchun foydali. Chunki yalang oyoq yurilsa sezgilar oyoq orqali miyaga tez yetib borib miyani faollashtiradi, bolada kreativlik, moslashuvchanlik, balans kabi ko’nikmalarni shakllantiradi.
Chaqaloqlar tez rivojlanish ta’sirida tanadan issiqlikni ko’p ishlab chiqaradi. Yozda yoki issiq kunlarda tug’ilgan bolalarga ham shapka kiydirib issiqlik toshtirib qiynamay, boshni ochiq qoldirish kerak. Yo’rgakni ham yelkadan qilib issiqlik boshdan oson chiqib ketishiga yordam berish kerak. Yo’rgakda oyoqni ham holi qoldirilsa oyoq doimiy erkin harakatda bo’ladi va bu bola miyasini rivojlanishini faollashtiradi.
Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar