Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Havo sovib bolalar kasal bo’lib qolmasliklari uchun ba’zi ta...

Oct 14, 2025
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 166.48 KB
Havo sovib bolalar kasal bo’lib qolmasliklari uchun ba’zi tavsiyalar 1. Hona haroratini bir xil ushlashga harakat qilish. Bolalar uchun eng yaxshi harorat 21~24gradus orasi (faslga qarab ozgina o’zgaradi), namlik esa 50~70% bo’lishi kerak. Xona issiq bo’lsayu lekin juda quruq bo’lsa ham bolalar shamollaydi. Bunga sabab tashqi bakteriya va viruslarga qarshi himoya chizig’i bo’lgan burun-tomoq shilliq pardalari quruq havodan qurshab yirtilib ketadi. Bu esa tabiiyki viruslarni kirishini osonlashtirib qo’yadi. Faqatgina uyni isitishga emas xonadagi namlikka ham e’tibor berish kerak. Bunda xona harorati va namlikni birdan o’lchab turuvchi va havoni namlantiruvchi humidifier yordam beradi. Agar namlantiruvchi (humidifier) bo’lmasa, choynakni qopqog’ini ochib qo’yib suv qaynatib ham xonani namlantirish mumkin. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar