Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

O’yinchoqlardan tezda zerikib yana yangisini olib bering dey...

Oct 9, 2025
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 190.18 KB
O’yinchoqlardan tezda zerikib yana yangisini olib bering deydigan bolalar uchun “Toy Rotation” usuli 1. Bolani barcha o’yinchoqlarini tartiblaymiz. 2. Shu kunlarda eng ko’p o’ynayotgan va kam o’ynayotgan va umuman o’ynamayotgan o’yinchoqlarga ajratamiz. 3. Eng yaxshi ko’rib o’ynayotganlarini qoldirib qolgan ikkita guruhdagi o’yinchoqlarni qutiga solib bola ko’rmaydigan joyga olib qo’yamiz. 4. Har bir yoki ikki haftada esa qutidagi o’yinchoqlarni hozirgi o’yinchoqlarga almashtirib turamiz. (Odatda 5tagacha o’yinchoq berib almashtirib turgan yaxshi) Bola zerikib o’ynamayotgan o’yinchoqlarini vaqt o’tgandan keyin bersez yana yangi o’yinchoq olgandek xursand bo’lib uzoq o’ynab yuradi. Toy Rotation uslubi bolaning diqqatini jamlashiga, ijodkorligini va o‘yinlarga qiziqishini oshirishga, hamda o‘yinchoqlar juda ko‘pligidan chalg‘ituvchi holatga tushishining oldini olishga yordam beradi. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar