Biz qo’shimcha ovqatni 6oylikda boshlaganmiz. Oyqizimiz 6oyl...
Oct 1, 2025
Biz qo’shimcha ovqatni 6oylikda boshlaganmiz. Oyqizimiz 6oylikdan boshlab to 1yosh bo’lgungacha ovqatlarni juda yaxshi yeb kelgandi. Bir yosh bo’ldilaru ovqatdan bosh tortishni boshladi. Shunda bildikki endi ovqatlarini katta bolalar ovqatlariga o’zgartirish vaqti keldi. Ovqatlari o’zgarib endi qoshiqni ham talashib o’zim yeymanga o’tib ketdi. Bir oy davomida o’zi qoshiqni ushlab rosa to’kib-sochib o’ynadi. Yesa 10%ni yeb 90%i yerda, yuzlariga, sochlariga surkagan…
Kuniga 3mahal yerga sochilgan ovqatlarni tozalab, 3mahal bolani yengil cho’miltirib rosa sabrdan sinaldik o’ziyam 😅
Naqd bir oy deganda ovqatlar bilan tanishib chiqib, endi ovqatni kamroq to’kib, ko’proq yeydigan bo’ldi.
Bola o’zi qo’lida ushlab o’zi ovqatlanishi kerak ekan. Qo’lda ushlab his qilib yeyish bolani miya rivojlanishi uchun muhim ekan. Agar bola qo’lingizdan qoshiqni tortib talashyaptimi demak o’zi ovqatlanishga tayyor degan signal ekan. Qancha erta o’zi yeyishiga qo’yib berilsa miya faoliyatiga, mustaqil bo’lishiga yordam berilgan bo’larkan ekan.
Siz necha oylikdan o’zi yeyishiga qo’yib bergansiz?
Kanalga qo’shilish uchun: https://t.me/+wY6MQ34h4CJjODhl