Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Bolani kitobga o’rgatishning birdan-bir usuli — kitoblarni u...

Sep 29, 2025
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 222.82 KB
Bolani kitobga o’rgatishning birdan-bir usuli — kitoblarni unga yaqin qilish. Kitoblarni bola doim o’ynaydigan xonasiga qo’li yetadigan va ko’zi tushadigan qilib qo’yish, uxlashdan oldin o’qishi uchun yotog’iga ham, yo’lda zerikmasligi uchun mashinaga ham qo’yib har yerda bolaga kitoblarni yaqin qilish kerak. Afsuski bizda ko’pchilik kichik bolalar kitoblarni hali tushunmaydi katta bo’lsa o’qiydi deb uydagi bor kitobni ham bolani qo’li yetmaydigan baland javonlar, shkaflar ichida saqlashadi… Bola kitobni xoh varoqlasin, xoh ko’tarib yursin, xoh kitobdan uy yasasin… Nima qilsa ham atrofi kitobga to’la muhitda katta bo’lgan bola kitobga mehr qo’yib unga qiziqishi ortadi. Kichiklikda kitoblarni yirtib qo’ymasligi uchun qattiq muqovali kitoblarni olib bering, har kuni kitob o’qib berishni odat qiling shunda bola ham sekin-asta kitobga mehri tushib o’zi kitob ko’rishni boshlaydi. Kanalga qo’shilish uchun: https://t.me/+wY6MQ34h4CJjODhl
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar