2 yoshgacha bolaga gadjetlarni ko’rsatmaslik haqida Hozirda...
Sep 29, 2025
2 yoshgacha bolaga gadjetlarni ko’rsatmaslik haqida
Hozirda hammani qo’lida telefon, uyda esa televizor bor. Bola yeg’lasa darrov telefon berib qo’yiladi yoki bolalar ham soatlab televizor ko’radi. Lekin 2yoshga to’lmagan bolalarda bu bir qancha salbiy ta’sirlarini ko’rsatar ekan.
1. Miya rivojlanishiga salbiy ta’sir
Bola hayotining dastlabki 2yilida miyadagi sinaptik aloqalar yashin tezlikda rivojlanadi. Bu davrda miya rivojlanishi real dunyo tajribasiga ( masalan: yuzga qarash, ovoz tinglash, narsalarni ushlab ko’rish kabi) tayanib rivojlanish kerak, lekin turli xil videolarni ko’rib o’tirish bolani real hayotdan uzib qo’yadi.
2. Til rivojlanishining kechikish xavfi
Televizor, telefon va undagi videolar faqatgina bir tomonlama ya’ni faqat tinmay gapiradi. Bu holatda esa bola gapirish va tinglash tajribalarini ololmay qoladi. Bola ota-onasi bilan kam gaplashsa, yuz ifodalarini kam ko’rsa til chiqishining kechikishiga sabab bo’ladi.
3. Diqqatni jamlash muammosi
Videodagi stimullarning tez o’zgarishiga o’rgangan bola, haqiqiy hayotning sekin stimullariga e’tibor qaratishi qiyin bo’lib qoladi. Biror nimani qilishga yoki o’rganishga uzoq vaqt diqqatini jamlab o’tirolmaydigan bo’lib qoladi.
4. Emotsional rivojlanishning buzilishi
Bolalar kattalarning munosabatlari orqali xavfsizlik hissini o’rganadi. Lekin uzoq vaqt telefon, televizor ko’rib o’tirgan bolalarda ota-onaga bo’lgan munosabat susayadi. Bu esa keyinchalik doimiy havotirda, asabiy bo’lish va o’z-o’zini boshqara olmaslik muammolarini olib keladi.
5. Odat bo’lib qolish xavfi
Hali o’zini nazorat qila olmaydigan bola telefonga o’rgansa bu sekin-sekin odat bo’lib boradi. Telefon bermasangiz endi harxasha qiladi, telefonga intilaveradi. Real hayotdagi narsalarga qiziqishi pasayib ketadi.
2 yoshdan keyin ham kuniga 1soatdan oshmagan holda bola o’zi yakka emas ota-ona bilan birgalikda videodagi holatlarni tushuntirish va o’zaro gaplashib ko’rish tafsiya etiladi.
Kanalga qo’shilish uchun: https://t.me/+wY6MQ34h4CJjODhl