Bolaga telefon ushlatgizib qo’yib hotirjam ishlarizni qilib ...
Sep 29, 2025
Bolaga telefon ushlatgizib qo’yib hotirjam ishlarizni qilib olishiz qanday yaxshi. Lekin uni bolaga ancha ta’siri bo’lar ekan. Ovqatiz ozgina kech pishsa ham, uylarizni yig’ishtirolmasez ham bola bilan birga o’tgazgan vaqtiz uni sog’lom rivojlanishiga, hayotni o’rganishiga katta yordam berar ekan.
Bolaga telefon bermay kitobga qiziqtirolganimizga doim shukur qilamiz. Sababi bola real hayotni o’zi o’rganishga intiladi, siz ish qilayotgan paytizda ham kitoblarini ko’rib o’tiradi, o’yinchoqlarini qaytadan kashf qiladi. Miyasi tinmay rivojlanishda davom etadi, o’zini-o’zi band qila oladigan bo’ladi. Uzoq vaqt telefon ko’rib o’tirib popcorn brain 🧠 bo’lib qolmaydi.
*Popcorn brain — miya faqatgina popkorn kabi paydo bo’ladigan ta’sirlargagina reaksiya qilib, chuqur o’ylash yoki diqqatni jamlash qobiliyatlarini zaiflashtirib qo’yishiga aytiladi.
Kanalga qo’shilish uchun: https://t.me/+wY6MQ34h4CJjODhl