Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Bolalarni tishlarini tekshirtirish 🦷 Koreyada bolalar 18o...

Sep 24, 2025
Bolalarni tishlarini tekshirtirish 🦷 Koreyada bolalar 18oyligidan boshlab 6yoshga to’lgunga qadar jami 4marta bepul tish ko’rigidan o’tsa bo’ladi. Oyqizimiz hali 18oylik bo’lmagan bo’lsa ham tishlari erta chiqqanligi sababli bugun tekshiruvga olib bordik. O’zlari endigina 13oylik, lekin oziq tishlargacha yorib jami 15tacha tishi chiqdi. Shunga tishlar joylashuvi, tish chiqish tezligi, tishlariga karies tushish xavfi yo’qmi tekshirtirib keldik. Allohga shukur, tishlari sog’lom yaxshi rivojlanyapti ekan. Kareys ham yo’q. Bundan buyog’iga ham tishlarini ftoridli tish pastasi bilan yuvishni davom ettirib yaxshi nazorat qilib yuringlar deb 18oylikdagi tekshiruv uchun joy band qilib berdi. Hozirda kuniga 2mahal tishlarini yuvamiz. Shu mittichalarni tishlarini orasiga ham go’sht kirib qolishiga hayron qolamandaa. Shunga ovqatdan keyin tez tozalamasak tishlarini orasida go’sht va ovqat qoldiqlari bo’ladi. Bolani tishini yuvganda ham albatta tarkibida fluorid bo’lgan tish pastasidan foydalanish kerak ekan. Shundagina tishni kariesdan himoya qilsa bo’ladi. Oddiy tish pastalar kariesdan himoya qila olmas ekan. Bolalarni tishlarini qanday yuvish haqida ma’lumot shu yerda Kanalga qo’shilish uchun: https://t.me/+wY6MQ34h4CJjODhl
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar