Bolada xavfsizlik hissini shakllanishi Chaqaloq tug’ilganda...
Sep 21, 2025
Bolada xavfsizlik hissini shakllanishi
Chaqaloq tug’ilgandan keyingi dastlabki 9 oy xavfsizlik hissini shakllantirish uchun muhim davr hisoblanar ekan. Bola yeg’laganda darrov uni qo’lga olib tinchlantirilsa, “men qiynalganimda ota-onam keladi” degan xavfsizlik hissi sekin-asta rivojlanib keyinchalik bola o’z his-tuyg’ularini boshqarishi osonlashar ekan. Ilmiy tadqiqotlarga ko’ra ham chaqaloqligida yeg’laganda darrov qo’lga olib yupatilgan bolalar yupatilmagan bolalardan ko’ra emotsional jihatdan kuchliroq, og’ir bosiqroq va kamroq yopishadigan, kamroq asabiy va mustaqil bo’lar ekan.
Boshqa bir ilmiy tadqiqotda ham isbotlangan: “Bola sog’lom rivojlanishi uchun onasi u bilan ko’proq birga vaqt o’tkazishi, so’zlashishi, qo’lga olishi, quchoqlashi, alla aytib berishi kerak. Bola qo’lga o’rganib qolishidan, doim ko’tarishni talab qilishidan qo’rqmaslik kerak”
“Bola yeg’laganda qo’lingga olma o’rganib qoladi”, “Hadeb ko’tarma hidingga o’rganib qoladi” kabi azaliy gaplarni hammasi notog’ri tushuncha. Aslida bola yeg’laganda qanchalik tinchlantirsangiz, u shunchalik hissiy jihatdan chidamliroq bo’ladi.
Kanalga qo’shilish uchun: https://t.me/+wY6MQ34h4CJjODhl