1 yoshgacha bo’lgan bolalarga suv berish haqida💧 🔘 Bolag...
Sep 11, 2025
1 yoshgacha bo’lgan bolalarga suv berish haqida💧
🔘 Bolaga 6oylikdan boshlab suv berishni boshlasa bo’ladi. Lekin ba’zi onalar bola chanqaydi deb chaqaloqqa ham, 3-4oylik bolalarga ham suv berib yuboraveradi. Aslida 6oylikdan kichik bo’lgan bolaga suv umuman kerak emas. Chunki ona sutining 85%i suvdan iborat. Formulada ham 90-95% suv qo’shiladi. Bu degani bola o’ziga yetarlicha bo’lgan suvni allaqachon iste’mol qilyapti, siz unga oshiqcha suv berishizni hojati yo’q. Chunki chaqaloqlarda buyrak yaxshi rivojlanmagan bo’ladi, suvni tarkibidagi minerallarni hazm qilishga qiynaladi.
6 oylikdangina qo’shimcha ovqatni boshlash bilan birga suvni ham berishni boshlasa bo’ladi.
Bolaga suv qay tartibda beriladi?
🔘 1yoshgacha bo’lgan bolalarga suvni albatta qaynatib berish kerak va qaynagan suvni albatta sovutib berish kerak. Va yana tafsiya etilgan miqdordagina berish kerak. Odamlar orasida qaynatilgan suv bolada anemia (kam qonlik) keltirib chiqaradi degan noto’g’ri tushuncha ham bor, unday tushuncha aslida mif. Qaynatilgan suv hech qanday anemiyaga sabab bo’lmaydi. Bolada 1yoshlarga borib anemiya kuzatilishi bu temirga boy bo’lgan mahsulotlarni (qo’shimcha ovqatni) kerakli miqdorda berib kelmaganlikdan.
Hatto filterlangan suvni ham qaynatib berish kerak. Chunki filterlangan toza suv tarkibidagi minerallar ham bola hazm qilishi uchun qiyinchilik tug’diradi.
🔘 Bola ko’p miqdorda suv ichsa ham oshqozon suv bilan to’lib qolib sut yoki formuladan kerakli minerallarni ola olmay qoladi. Shuning uchun bola necha oyligiga qarab belgilangan miqdorda berish kerak. Belgilangan miqdor.
🔘 Bolalar ichishi uchun minerallari balansga keltirilgan suvlar ham alohida sotiladi. Suv tarkibidagi natriy, kalsiy, magniy minerallari juda kam miqdorga tushurilgan. Lekin narxlari qimmatroq bo’ladi. Eng yaxshi yo’l bolaga suvni uyda qaynatib berish.
Kanalga qo’shilish uchun: https://t.me/+wY6MQ34h4CJjODhl