Bolaga 2yoshgacha tuz 🧂 bermaslik haqida Bolaga 2yoshgacha...
Sep 7, 2025
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 160.73 KB
Bolaga 2yoshgacha tuz 🧂 bermaslik haqida
Bolaga 2yoshgacha tuz bermaslikka asosiy sabab - ularda buyrak hali natriy (tuz)ni to’g’ri qayta ishlash uchun yetarli darajada rivojlanmaganidir. Haddan tashqari natriyni iste’mol qilish buyrakka oshiqcha yuk bo’lib, buyrak tuzni filtrlashga qiynaladi va tuz tanada qolib bolada shish keyinchalik esa qon bosimning oshishi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirarkan.
Biz qo’shimcha ovqatni 6 oylikda boshlaganmiz. Hozirgacha tuzsiz ovqat berib kelyapmiz. Bolani ovqatiga alohida tuz solinmasa ham ona sutida, formulada, boshqa mahsulotlar (go’sht, sabzavotlar..etc) tarkibida ham bola uchun yetarli bo’lgan tabiiy natriy bo’lar ekan. Shuning uchun natriy yetimovchiligidan umuman havotirlanmasa ham bo’ladi.
🔘12oylikgacha — tuz umuman mumkin emas
🔘12~24oylik — iloji boricha tuz solmagan yaxshi
🔘24oylikdan~ oz-ozdan qo’shishni boshlasa bo’ladi
Kanalga qo’shilish uchun: https://t.me/+wY6MQ34h4CJjODhl